Messi PSJda qachon debyut qilishi aniq bo‘ldi
PSJ tarkibiga qo‘shilgan Lionel Messining yangi jamoasidagi debyutini ko‘pchilik intizorlik bilan kutmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino argentinalik hujumchi jismoniy holatini tiklab olishiga o‘yinga tushirishini bildirgan edi.
L’Equipe nashri jurnalistlarining aniqlashtirishicha, Lionel Messining debyutini Frantsiya chempionatining 4-turiga rejalashtirilgan. 29 avgust bo‘ladigani uchrashuvda parijliklar “Reyms” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Frantsiya chempionatida 4-turdan keyin tanaffus e’lon qilinadi. Chunki sentyabr oyida terma jamoalar o‘yinlari belgilangan. Lionel Messi ham jahon chempionati saralash turnirida qatnashish uchun Argentina terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Fikrlar