Messi PSJga o‘tadimi? Barchasi aniq bo‘ldi!

  • 13.07.2021 17:04
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

30 iyun kuni "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi muhokamalar markazida bo‘lib turibdi.

"El Español" nashrining xabar berishicha, asosiy da’vogarlardan biri sifatida qaralayotgan PSJ argentinalik futbolchi uchun kurashdan chiqqan. Leodan tashqari bir necha yulduzlarni Parijga olib kelgan klub jamoa rahbariyati tarkibni shundoq ham etarlicha kuchli, deya hisoblamoqda.

Messi katta ehtimol bilan "ko‘k-anorranglilar" safida qoladi. Hozircha yangi shartnoma borasida hech nima e’lon qilinmadi, tomonlar maosh masalasi borasida kelisha olmayotganligi to‘g‘risida taxminlar yangrayapti.

O‘tgan mavsum 34 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida 47 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 38 gol va 14 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, Argentina terma jamoasi bilan uzoq kutilgan "Kopa Amerika" turnirida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!