Messi PSJni xafa qildi
PSJning argentinalik hujumchisi Lioel Messi klub bilan yangi bitim tuzmaslikka qaror qildi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Mikel Blazkes.
Messi bir mavsum davomida Frantsiya chempionatiga moslashib oldi. Uning o‘yini sezilarli darajada kuchaydi, samaradorligi va ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etmoqda.
PSJ mutasaddilari 35 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklif tayyorlayotgan edi.
Agar Messi parijliklar bilan yangi bitim tuzmasa, katta ehtimol bilan “Barselona”ga qaytadi. Kataloniyada ham o‘zlari tarbiyalagan yulduzni ortga qaytarish masalasi keng muhokama qilinmoqda.
Messi professional faoliyatidagi kelajagini Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin hal qilishini bildirgan.

Fikrlar