
Messi pul topishda ham Ronalduni “changida” qoldirdi
Forbes jurnali 2022 yil davomida eng ko‘p mablag‘ ishlab torgan sportchilar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, birinchi pog‘onaga Qatardagi jahon chempionatida Argentina terma jamoasiga bosh sovrinni taqdim etgan Lionel Messi joylashtirildi. 35 yoshli yulduz yil davomida 108 million funt ishlab topgan.
Ikkinchi o‘rindan basetbol yulduzi LeBron Jeyms o‘rin oldi. Tajribali sportchining yillik daromadi 101 million funtni tashkil qildi.
“Manchester Yunayted”dan haydalib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Krishtianu Ronaldu kuchli uchlikka kirdi. Mavsumni omadsiz yakunlagan 37 yoshli to‘purar jami 96 million funt ishlab topgan.
To‘rtinchi o‘rin Braziliyani jahon chempioni qila olmagan Neymarga nasib qildi. 30 yulduz 12 oy mobaynida 79 million funtga ega chiqdi.
Fikrlar