
Messi Ramos bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi
PSJ hujumchisi Lionel Messi uzoq yillar davomida “Real” sharafini himoya qilib kelgan va hozirgi kunda jamoadoshiga aylangan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos haqida gapirdi.
“U bilan bo‘lgan uzoq yillik raqobatdan keyin g‘alati bo‘ldi. Kuchli raqobatga qaramay, biz har doim bir-birimizni hurmat qilganmiz. Uning bugun jamoadoshimga aylangani bu haqiqiy shou. Asta-sekin u bizga qo‘shilmoqda va umid qilamanki, u imkon qadar tezroq maydonga tushadi. Chunki u albatta fundamental o‘yinchiga aylanadi va maqsadlarimizga erishishimizga yordam beradi. U buyuk inson”, - dedi argentinalik futbol yulduzi.
Fikrlar