Messi "Real" afsonasi rekordiga etib oldi

CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va "Barselona" klubi etakchisi Lionel Messi futbolga doir rekordlarni urishda davom etmoqda. Ispaniya chempionatining 18-turida Kataloniya klubining o‘z maydonida "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvi Lionel Messi uchun rekord ko‘rsatkichni taqdim etdi.

Tecno
 

Ushbu uchrashuvning 52-daqiqasida "Las-Palmas" darvozasini ishg‘ol qilgan Lionel Messi Ispaniya chempionatida o‘zi ro‘baro‘ kelgan barcha jamoalarga to‘p kiritgan futbolchiga aylandi. "Las-Palmas" argentinalik hujumchidan gol o‘tkazgan  Ispaniyaning 35-klubi bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lionel Messi "Real"ning afsonaviy hujumchisi Raulga etib oldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!