
Messi to‘qqiz yil davom etgan sudni yutdi
Lionel Messi o‘z nomidan savdo belgisi sifatida foydalanish bo‘yicha to‘qqiz yil davom etgan sud jarayonida g‘olib chiqdi. Evropa sudi argentinalik hujumchi o‘z nomini brendga aylantirishga ruxsat berdi.
Uzoq muddat davom etgan sud Ispaniyaning Massi kompaniyasi va EUIPO intellektual mulk idorasining da’vosi asosida ochilgan. 2011 yilda Messi o‘z familiyasini qo‘yib, yangi brend ostida sport kiyimlari ishlab chiqarish uchun ruxsat olish maqsadida ariza topshirgan edi.
O‘shanda velosport inventarlari va sport kiyimlarini ishlab chiqarishgan ixtisoslashgan Massi kompaniyasi brendlar bir biriga o‘xshab qolgani uchun sudga murojaat qilgan.
Fikrlar