Messi uchun bu birinchisi bo‘ladi

  • 13.12.2021 19:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun UEFAning Non shtab-kvartirasida Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

PSJ hujumchisi Lionel Messi birinchi marotaba "Barselona"dan boshqa jamoa libosida "qaymoqranglilar"ga qarshi maydonga chiqadi. 

Argentinalik futbolchi faoliyati davomida "Real"ga qarshi umumiy 45 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida 11 g‘alaba, 15 mag‘lubiyat va 11 ta durang mavjud. Shuningdek, Leo "qirollik klubi" darvozasiga 26 ta gol urgan va 14 marotaba samarali uzatma bergan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlar 2022 yilning 15-16 va 22-23 fevral sanalariga rejalashtirilmoqda. Javob uchrashuvlari esa 8-9 va 15-16 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!