Messi va Ramosning so‘nggi o‘yinida PSJ kambek qurboni bo‘ldi

  • 4 iyun, 2023, 02:17
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 38-turidan o‘rin olgan PSJ - "Klermon" uchrashuvida mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchdi. 

Tecno

O‘yinda hisobni 16-daqiqada Ramos ochdi. Mbappe penaltidan unumli foydalanib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo Gasten shogirdlari 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Mag‘lubiyatga uchragan PSJ 85 ochko bilan mavsumni yakunladi. Ushbu bahs Messi va Ramos uchun parijliklar safidagi so‘nggi uchrashuv edi. Ular tez orada klubni tark etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!