Messi va Ronaldu “taxti”ni kim egallashi ma’lum bo‘ldi

  • 23 sentabr, 2020, 05:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘n yildan oshiq vaqt mobaynida dunyoning eng kuchli futbolchilari sifatida e’tirof etib kelingan Linel Messi va  Krishtianu Ronalduning yoshi o‘tib qolayotgani bois, jismoniy imkoniyatlari pasaya boshlagani hech kimga sir emas.

Ayni paytda muxlisu mutaxassislar dunyoning eng kuchli futbolchisi nomiga kim da’vogar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

“Liverpul”da o‘ynagan mashhur futbolchi Jeymi Karrager bu borada “Manchester Siti”  pleymeykeri Kevin De Bryuynening imkoniyatlarini yuqori baholadi.

- Men Messi va Ronaldudan keyingi avlod vakillari orasida De Bryuyneni birinchi o‘ringa qo‘yaman. Uning gollari va golli paslari bo‘yicha ko‘rsatkichi har bir murabbiyning orzusidir. Kevin bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladi va hal qiluvchi pasni berishda benazir. U o‘ttizdan oshganda ham shunday yuqori saviyada o‘ynay oladi, - deydi Karrager.

Belgiyalik futbolchi 2015 yilda “Manchester Siti”ga olib kelinganidan beri 50 ta gol urib, 90 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nodirbek Nafasov
23/09/2020 11:21
Holland va Gnabrini esdan chiqarmaslik kerak bu fudbolchilar kelajakda ikki daxoni urnini bosa oladi