Messi va Ronalduning davri o‘tdi!

  • 19 fevral, 2021, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

XXI asrning dastlabki choragi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu erasi sifatida tarixdan muqim joy olgan. Yigirma yilga yaqin vaqt davomida bu futbolchilar deyarli barcha rekordlarni yangilab bo‘ldi. Endi yangi avlod futbolchilariga ularning natijasini takrorlash oson bo‘lmaydi. Shunga qaramay, hozir ikki hujumchi borki, ularning davri endi boshlanmoqda. Bu PSJ to‘purari Kilian Mbappe va «Borussiya» hujumchisi Erling Xolanddir.

Tecno

Futbol klublarining eng nufuzli musobaqasi – Evropa Chempionlar ligasining navbatdagi o‘yinida Mbappe uchta,  Xoland ikkita gol urdi.

Mbappe 21 yoshgacha Chempionlar ligasida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Uning hisobida 19 ta aniq zarba bor. Endi Kilian bu ko‘rsatkichni oshira olmaydi.Chunki yoshi 21 dan o‘tgan. Uning rekordini Erling Xoland yangilashga yaqin turibdi. Norvegiyalik to‘purar frantsiyalik raqobatchisidan yoshroq. Xoland gollari sonini 18 taga etkazdi va hali bu natijani yangilashi uchun etarlicha imkoniyati bo‘ladi.

Chempionlar ligasining 21 yoshgacha bo‘lgan to‘purarlari ro‘yxati bilan tanishing:

  1. Kilian Mbappe («Monako», PSJ) — 19 gol
  1. Erling Xolann («Zaltsburg», «Borussiya» Dortmund) — 18
  1. Karim Benzema («Lion») — 12
  1. Patrik Klyuyvert («Ayaks») — 9

    5-8. Obafemi Martins («Inter») — 8

    5-8. Lionel Messi («Barselona») — 8

    5-8. Raul Gonsales («Real») — 8

    5-8. Xaver Saviola («Barselona») — 8.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!