Messi yagona o‘yin uchun klubini o‘zgartiradi
Parijliklar shartnomasi nihoyasiga etayotgan hujumchi Lionel Messi boshqa klub safida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin. "UOL" nashrining xabar berishicha, 35 yoshli hujumchi faoliyatini boshlagan "Nyuells Old Boyz"ga qaytadi.
Messi yaqinda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan Maksi Rodriges sharafiga o‘tkaziladigan o‘yinda ishtirok etadi. Uchrashuv joriy yilning 16 iyuniga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Leoning Parij giganti bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.



Fikrlar