
Messi yana Parijda o‘ynashga qaror qildi
PSJ sharafini ikki yil davomida himoya qilgan Lionel Messi yana Frantsiya maydonlarida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Gap shundaki, Frantsiya poytaxti kelasi yoz OLimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi esa, Argentina olimpiya terma jamoasi safida ushbu nufuzli musobaqada qatnashishni rejalashtirmoqda.
Goal.com nashrining yozishicha, yana bir tajribali futbolchi Anxel Di Mariya ham Olimpiadada ishtirok etmoqchi. Uning bu turnirga borishi Messining yakuniy qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano ham tarkibda ikki nafar futbol afsonasi o‘ynashi mumkinligini ta’kidlagan. Qolaversa, Maskerano Messi va Di Mariya Parij Olimpiadasiga borishi va ularga ustozlik qilish uchun o‘z o‘rnini Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloniga bo‘shatib berishga tayyorligini aytdi.
Lionel Messi sovrinlari qatorida Olimpiya o‘yinlari oltin medali ham. 2008 yili Leo o‘z hamyurtlari bilan birga Pekinda o‘tkazilgan musobaqada g‘olib chiqqan. O‘sha tarkibda Messi bilan birga Xaver Maskeranoning o‘zi, Anxel Di Mariya va Serxio Aguero kabi yulduzlar o‘ynagan.
Fikrlar