Messi yangilik kutyapti

  • 9 aprel, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati o‘zi tarbiyalagan futbol yulduzi Lionel Messini ortga qaytarish yo‘llarini qidirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari tez kunlarda La Liga rahbariyatiga argentinalik jahon chempionini ortga qaytrish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etadi.

Agar La Liga rahbariyati “Barselona”ning rejasini ma’qullasa, klub Messi bilan muzokara boshlaydi.

Ispaniyaning Sport nashri “Barsa”ning taklifida katta summalar ko‘rsatilmasligini yozmoqda. Shunga qaramay, kataloniyaliklar bu taklif 35 yoshli futbolchini qiziqtirishi kutilmoqda.

Ayrim manbalar kataloniyaliklar Messi bilan bir yillik shartnoma tuzishini yozmoqda. Xavi esa, o‘zi bilan birga o‘ynagan yulduzni jamoada kutib olishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!