Messi yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi

  • 1 yanvar, 2023, 09:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi sportchisi sovrini uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni natijalarini e’lon qildi.

113 mamlakatdan 420 nafar vakil ishtirok etgan jarayonda futbol bo‘yicha Argentina milliy terma jamoasi sardori Lionel Messi g‘alaba qozondi. U 25,45% ovozga ega chiqqan.

Ikkinchi pog‘ona shvetsiyalik engil atlet Arman Dyuplantisga nasib etdi. Frantsiyalik futbolchilar Kilian Mbappe hamda Karim Benzema keyingi o‘rinlarni band etgan.

Ma’lumot uchun, Leo jamoasi bilan Jahon chempionati finalida aynan "uch ranglilar" ustidan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!