
Messidan ehtiyot bo‘ling, baloga qolib ketasiz!
AQSh chempionati hakamlaridan biri Robert Sibiga Lionel Messining “Inter Mayami”ga o‘tgani liga hakamlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytdi.
- Lionel Messi Devid Bekxem yoki Zlatan Ibrohimovich darajasidagi futbolchi emas. Uning saviyasi ancha baland. Hakamlar yosh va tajribasiz futbolchilarning o‘yinini buzib qo‘ygan holatlar bo‘lib turadi.
Lekin Lionel Messi to‘p tepgan uchrashuvda qanday ishlaysizlar?
Eng yomoni Messining jarohat olishi va hakam natijaga ta’sir ko‘rsatdi, deb turib olishidir. Bunday holat yuzaga kelsa, Leo haqmi yoki nohaq, buning farqi bo‘lmay qoladi, - dedi Robert Sibiga.
Fikrlar