Messidan so‘ng Mbappe ham shu qarorga keldi

  • 21 fevral, 2024, 16:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "L’Equipe" nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 25 yoshli forvard o‘z vatanida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Frantsiya olimpiya terma jamoasi safida o‘ynamoqchi. Unda har bir terma 23 yoshdan oshgan uchta futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish huquqiga ega.

Ushbu yozda Germaniyada 14 iyundan 14 iyulga qadar Evropa chempionati, 26 iyuldan 11 avgustga qadar esa Olimpiada bo‘lib o‘tadi. Kilian Olimpiadada ham qatnashsa, yozni to‘liq ta’tilsiz o‘tkazgan bo‘ladi.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
22/02/2024 00:32
Ertaga sal ozgartrip chiqarishadi boshqa sarlavhada yoki eshitdikda rukni ostida
Узимдааа Мендааа
21/02/2024 18:40
Нимага Мессидан Сунг ? Адашмасам анча олдинрок Мбаппе нинг олимпиада да каташмокчи эканлиги хакида хабар чиккандику ? Мессининг хабари якиндагина элон килиндии