Messidan voz kechishdi

  • 02.06.2023 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Matbuotda “Inter” jamoasi Lionel Messini transfer qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Milan klubivitse-prezidenti Xaver Dzanetti bu masalada klub pozitsiyasini oshkor qildi.

- Hamma Leoni yaxshi ko‘radi. Lekin hamma ham uning transferini amalga oshirishga qodir emas. Uning asl qiymati juda yuqori ekanini inobatga olganda bu mantiqan to‘g‘ri.

Bundan tashqari, Lionel Messi klubimiz amalga oshirayotgan loyiha rejasiga kiritilmagan, - dedi Xaver Dzanetti.

Manbalarning ta’kidlashicha, 35 yoshli yulduz oldida ikki variant – “Al-Hilol” va “Barselona” takliflari turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!