Messidan yana bir rekord

  • 13.12.2022 23:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Argentina – Xorvatiya uchrashuvi boshlanish arafasida. Ushbu o‘yinda Lionel Messi asosiy tarkibda maydonga tushadi.

Ushbu o‘yin hujumchi uchun jahon chempionatidagi 25-uchrashuv bo‘ladi va Messi bu borada Germaniya afsonasi Lotar Matteusga etib oladi.

Argentina Xorvatiyaga yutqazgan taqdirda ham ular 3-o‘rin kurashadi, ya’ni Messi 26 ta o‘yin o‘tkazish imkoniyatiga ega. Bu bilan u mutlaq rekordchiga aylanadi.

Agar terma jamoa Dalich shogirdlarini mag‘lub qilsa, Frantsiya yoki Marokashga qarshi finalda o‘ynaydi. Bu Leo faoliyatidagi ikkinchi final va mundialni yutish uchun oxirgi imkon bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!