Messiga o‘rinbosar Angliyadan keladi

  • 17 may, 2023, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ rahbariyati Lionel Messi o‘rniga boshqa futbolchi qidirayotgani haqida xabarlar tarqatilayotgan edi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Parij klubi argentinalik yulduz o‘rnini “Manchester Siti” vakili Bernardu Silva bilan to‘ldirmoqchi. Portugaliyalik futbolchi ham asosan Messi kabi hujumning o‘ng qanotida o‘ynaydi.

Qizig‘i shundaki, huddi Messi kabi Silvaga ham “Barselona” xaridor hisoblanadi. Biroq, kataloniyaliklar uchun ulardan birini olish ham muammo bo‘lib turibdi.

28 yoshli Bernardu Silva jamoasini almashtirishga tayyor. U joriy mavsum Angliya  chempionatida to‘rtta gol va beshta assist qayd etdi. Portugaliyalik yulduz beshinchi chempionligiga yaqinlashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!