
Messiga yangi xaridor chiqdi
AQSh chempionatida “Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan Gonsalo Iguain jamoasi Lionel Messini kutayotganini ma’lum qildi.
- Bilishimcha, Messi PSJ bilan 2 yoki 3 yillik shartnoma tuzgan. Tez orada uning roziligini olishimizga ishonmayman. Lekin klub uni safiga qo‘shib olishni istayotganini bilaman. Ko‘ramiz nima bo‘larkin, - dedi Gonsalo Iguain.
“Barselona”dan ketganidan keyin Lionel Messi parijliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir mavsumga cho‘zishi mumkin.
“Inter Mayami” xo‘jayinlaridan Devid Bekxem avval ham argentinalik yulduzni o‘z jamoasida ko‘rishni istayotganini aytgan edi.
Fikrlar