
"Messining atrofiga professionallar kerak!"
Argentinalik sobiq futbol yulduzi Ernan Krespo Lionel Messi va "Barselona" o‘rtasidagi mojarolarga munosabat bildirdi:
"Leoning otasi janob Xorxega hurmatni saqlagan holda aytishim mumkinki, bu vaziyatda Leoga professional agent juda zarur edi. Shuning uchun ham, u jamoa bilan muzokaralarda xatoga yo‘l qo‘ydi. Janob Xorxe Leoga yaxshi ota, biroq Messi atrofiga professionallar kerak!".
Messi bu yil "Barselona"dan ketish borasida jiddiy qaror qabul qilgan bo‘lsa-da, shartnomalardagi bandlar tufayli u maqsadiga etolmay qolgandi.
Fikrlar