
Messining diskvalifikatsiyasi olib tashlandi
“Barselona” forvardi Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi diskvalifikatsiya muddati o‘z nihoyasiga etdi. Bu haqda Sify nashri xabar bermoqda.
KONMEBOL prezidenti Alexandro Domingoning so‘zlariga ko‘ra, 33 yoshli Messining diskvalifikatsiyasi e’lon qilingan kundan boshlab, bir yildan so‘ng bekor qilingan. Endi Leo terma jamoaning keyingi o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ega. Argentina terma jamoasi murabbiylari uni Ekvador (8 oktyabr) va Boliviyaga (13 oktyabr) qarshi o‘yinlar uchun qaydnomaga kiritishlari mumkin.
Messi 2019 yil Amerika Kubogining 3-o‘rni uchun Chili terma jamoasiga qarshi o‘yinda raqib futbolchisi Gari Medel bilan maydonda janjallashgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Fikrlar