Messining “Inter”ga o‘tishi rostmi?

  • 6 avgust, 2020, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pandemiya karantinidan keyin “Barselona”da yuzaga kelgan vaziyat tufayli jamoa etakchisi Lionel Messini Kataloniyani tark etishi haqida turli xabarlar tarqaldi. Xususan, argentinalik hujumchiga bosh murabbiy Kike Setenning ish uslubi va klub rahbariyatining ayrim qarorlari ma’qul kelmagani ortidan u kelasi yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan edi.

Tecno

Keyinroq, “Inter”ning baquvvat homiylari Lionel Messini Milanga olib kelish uchun katta mablag‘dan voz kechishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

PSJning italiyalik legioner Marko Verratti argentinalik hujumchining “Inter”ga kelishiga ishonmasligini ma’lum qildi.

- Men ham bu mish-mishlarni eshitdim. Bu amalga oshmasa ham, Messining “Inter” bilan bog‘lashayotgani haqidagi faktning o‘zi A Seriya avvalgi mavqeini tiklab, buyuk futbolchilar e’tiboriga tusha boshlaganidan dalolat beradi. Ronaldu, Lukaku va Riberi mening yurtimga bejizga kelgani yo‘q. Yosh futbolchi De Ligt ham Italiyani tanlagan ekan, demak kelajakka ishonch bor, - dedi Verratti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!