Messining jismoniy holati qanday?

  • 17.10.2020 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messining ayni damdagi jismoniy holati haqida gapirdi.

“Messi to‘rttala uchrashuvda ham ishtirok eta oladi, deb o‘ylayman. Leo bir necha yillardan buyon tig‘iz taqvim ostida to‘p surib kelmoqda. Agar u maydonga tushmasa, o‘zini ko‘proq charchagandek his qiladi”, - dedi gollandiyalik mutaxassis.

“Barselona” yaqin to‘rtta bellashuvni "Xetafe", "Real", "Ferentsvarosh" va "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!