
Messining kutgani bo‘lmadi
PSJ bilan hamkorlikni to‘xtatgan Lionel Messi faoliyatini “Barselona”da davom ettirishga moyil bo‘lib turgandi.
Argentinalik yulduz kataloniyaliklarga bir necha kun muhlat berib, transferni kafolatlashni so‘ragan.
Biroq, “Barselona” haligacha Messini qaytarish bo‘yicha jiddiy qadam tashlagani yo‘q. Manbalar Leo Joan Laportaning taklifini kutib charchaganini yozmoqda.
Xususan, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Mark Krosas ispan matbuotiga Lionel Messi klub rahbariyatiga ishonmay qo‘yganini va faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirishga moyil bo‘lib turganini ma’lum qildi.
Mutaxassislar Messilar oilasi uchun AQShning “Inter Mayami” jamoasi optimal variant ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar