
Messining La Ligadagi ishini endi "Real" futbolchisi bajarmoqda
Argentinalik hujumchi Lionel Messi "Barselona"ni tark etganidan so‘ng, "Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior 90 daqiqa davomida muvaffaqiyatli driblinglar amalga oshirish soni bo‘yicha La Ligada eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.
StatsBomb nufuzli statistik portalining ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius 90 daqiqa davomida o‘rtacha 3,54 marta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirmoqda. Bu esa joriy mavsumda 600 daqiqadan ko‘proq o‘ynagan har qanday boshqa futbolchilardan 1 marta ko‘p deganidir.
Vinisius Junior bu mavsum 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar