
Messining muxlislari o‘qisin!
Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi Amerika kubogi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida Boliviya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, tarixiy rekord o‘rnatdi. Bu bahs argentinalik yulduz uchun mamlakati bosh jamoasi safidagi 148-o‘yin bo‘ldi va u bu borada yangi rekord qayd etdi.
Ungacha Xaver Maskerona 147 ta uchrashuv o‘tkazgan holda rekordchi bo‘lib turgandi.
Boliviyaga qarshi o‘tkazilgan bahsda argentinaliklar 4:1 hisobida zafar quchdi va Messi o‘z rekordini dubl bilan nishonladi.
Fikrlar