Messining o‘n yillik rekordi sindi

  • 19 dekabr, 2021, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ayaks” yarim himoyachisi Dushan Tadich kalendar yilda assistlarni amalga oshirish bo‘yicha yangi rekordchiga aylandi. Tajribali futbolchi  bu yil jamoadoshlariga 37 ta golli pas uzatdi.

Tecno

Bu borada avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli edi. Leo 2011 yilda “Barselona” futbolchilariga 36 marta gol urishi uchun imkoniyat yaratib bergan. O‘sha yili Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgandi.

Dushan Tadich joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va 11 ta golli pas yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!