
Messining rejasi umuman boshqa edi
PSJdan ketib, AQSh chempionati vakili – “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan Lionel Messi bu holatga o‘z munosabatini bildirdi.
- Aslida, avval-boshdan maqsadim umuman boshqa edi. Shunday bo‘lsa-da, yakuniy tanlovdan mamnunman.
Biz yangi chaqiruvlar, yangi o‘zgarishlarni qabul qilishga tayyormiz. Bu muhim qadam bo‘ldi, deb o‘ylayman. Bu tanlovning qadri qanday ekanini bilaman va shundan baxtiyorman, - dedi Lionel Messi.
Argentinalik jahon chempioni “Inter Mayami” bilan uch yil davomida hamkorlik qilishi rejalashtirgan. Klub unga har mavsum uchun 43 million funt maosh to‘lashi kelishilgan.
Fikrlar