Messining rekordi Mbappening soyasida ko‘zga ko‘rinmadi
Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvida Lionel Messi PSJ darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa, argentinalik yulduz “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasida ketma-ket 17-mavsum o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Messi turnirda uzluksiz gol urish bo‘yicha “Real” hujumchisi Raulning natijasini takrorladi va kelasi mavsum yakka peshqadamga aylanib olish imkoniga ega bo‘ldi.
Biroq, bu tarixiy natija Messiga ham, “Barselona” futbolchilariyu muxlislariga ham tatimadi.
Chunki Messining bu ko‘rsatkichi uchrashuvda uchta gol urib, bellashuvning haqiqiy qahramoniga aylangan Kilian Mbappe muvaffaqiyati ortida ko‘zga ko‘ringani ham yo‘q.

Fikrlar