Messining sobiq ustozi Frantsiya klubini boshqaradi

  • 3 mart, 2021, 11:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" rahbariyati sobiq bosh murabbiy Andre Villash-Boash bilan shartnomani bekor qildi. 2 fevral kuni klub matbuot xizmati portugaliyalik mutaxassis ishdan chetlatilgani haqida xabar qilgan edi.

Tecno

27-fevral kuni esa "Marsel" Argentina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli bilan 2023-yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekkani haqida xabar berildi. Bugun esa 60 yoshli mutaxassis Frantsiyaga etib keldi. Qayd etilishicha, yaqin vaqtlar ichida Sampoli ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Frantsiya chempionati 27-turidan so‘ng "Marsel" 39 ochko bilan ettinchi pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!