Messining transfer narxi 20 million evroga pastladi

  • 11 yanvar, 2020, 14:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Lionel Messining narxi tushishda davom etmoqda.

Tecno

Transfermarkt sayti talqiniga ko‘ra 32 yoshli argentinalik futbol yulduzining ayni damdagi transfer narxi 160 milliondan 140 million evroga tushgan.

Shu tariqa Messi hozirda dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida Kilian Mbappe (200 mln), Raxim Sterling (160 mln), Neymar (160 mln), Sadio Mane (150 mln), Muhammad Saloh (150 mln), Xarri Keyn (150 mln) va Kevinu De Bryuynelardan (150 mln) so‘ng 8-o‘rinda turibdi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum “Barselona” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!