Messining ustozi Ronalduga murabbiylik qiladi!

  • 22 mart, 2022, 14:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati klub bosh murabbiyi lavozimiga nomzod izlashda davom etmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, "qizil iblislar" muvaffaqiyatsizliklarga qaramay PSJ ustozi Maurisio Pochettinoni olib kelmoqchi. Jamoa prezidentlari argentinalik mutaxassis MYuni yana sovrinlar uchun kurashga qaytara olishiga ishonmoqda.

O‘z navbatida, parijliklar ham Pochettinoni jamoada olib qolishni ortiq istamayapti. Ularning maqsadi ayni paytda ishsiz yurgan Zinedin Zidan bilan shartnoma imzolash.

Ma’lumot uchun, "Pari Sen-Jermen" 50 yoshli mutaxassis boshchiligida ichki chempionatda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!