Messisiz qolgan "Barselona" yangi mavsumning ilk uchrashuvi uchun qaydnomasini e’lon qildi

  • 15 avgust, 2021, 19:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" La Liganing ilk turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi o‘yin uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi.

Ushbu tarkibga Samyuel Umtiti, Miralem Pyanich va Filippe Koutino noma’lum sabablarga ko‘ra kiritilmadi. Mark-Andre ter Shtegen, Usmon Dembele, Ansu Fati va Serxio Aguero kabi futbolchilar esa jarohat sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Darvozabonlar: Neto, Penya, Tenas.

Himoyachilar: Dest, Pike, Arauxo, Langle, Alba, Emerson, Garsiya, Balde.

Yarim himoyachilar: Buskets, Puch, Pedri, Roberto, De Yong, Niko Gonsales, Gavi.

Hujumchilar: Grizmann, Depay, Breytueyt, Manay, Demir.

“Barselona” – “Real Sosedad” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!