"Metallurg" klubi rejalarini ma’lum qildi

  • 11 yanvar, 2022, 15:46
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval rejalashtirilganidek, “Metallurg” jamoa o‘yinchi va murabbiylar shtabi bugundan yangi mavsum tadorigini boshlashdi. Kunning birinchi yarmida Bekobod shahridagi “Metallurg” qarorgohiga etib kelgan futbolchilar kunning ikkinchi yarmida ilk mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Qishki ta’til chog‘ida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ispaniyalik mutaxassis qo‘rsatmalari asosida individual shug‘illanib kelgan futbolchilar ayni paytdagi holatlarini murabbiylar ko‘z o‘ngida namoyish etib berishdi.

Ertaga “Metallurg” PFK a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Jamoa o‘n kun mobaynida yig‘inni Bekobod shahrida o‘tkazadi. Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi 20 yanvar – 1 fevral sanalari oralig‘ida Toshkent shahrida tashkillashtiriladi. Shundan keyin futbolchilarga ikki kun dam beriladi. Uchinchi bosqich esa xorijda tashkillashtirilshi rejalashtirilgan. 3 fevral kuni “Metallurg” Antaliya shahriga uchib ketadi va 18 fevralgacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!