"Metallurg" Ubaydullaevning o‘rnini to‘ldiradigan hujumchi olib kelganga o‘xshaydi

  • 13 yanvar, 2021, 21:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentda mashg‘ulotlarni boshlagan “Metallurg” klubi selektsiya ishlarini ham olib boryapti. Bugun jamoa etakchilaridan biri bo‘lgan Shahzod Ubaydullaevning “Shaxtyor” klubiga transferi rasman e’lon qilindi.

Tecno

Bekobodliklarga uning o‘rnini to‘ldiradigan hujumchi kerak. Sports.uz nashriga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda klubda Ivan Nagaev shug‘ullanmoqda. Bundan chiqdi, “Metallurg” Ubaydullaevning o‘rnini ushbu hujumchi bilan to‘ldirmoqchi shekilli. Ammo hozircha ko‘rikdan o‘tmoqda. O‘tgan mavsumda ushbu futbolchining faoliyati ko‘ngildagidek chiqmadi. “So‘g‘diyona” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olgani yo‘q. Keyin esa tarkibda ko‘rinmay qoldi. Balki unga jarohatlar xalaqit qilgandir.

Lekin “Metallurg”ga yana boshqa hujumchilar ham kerak. Chunki o‘tgan yilgi tarkibdan Shahzod Ubaydullaevdan tashqari yana bir hujumchi - Murod Bobojonov ham ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!