"Metallurg" ustozi: Masharipov futbolchilarimga nima qilish kerak ekaligini ko‘rsatib qo‘ydi

CHERY AUTO

"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz munosib o‘yin namoyish etdik. Faqatgina gol urgandan so‘ng futbolchilarimiz ularga tayyorgarliklar jarayonida tushuntirilganidek harakat qilishmadi. Ayniqsa, hamisha bizning jamoamiz bilan o‘yinlarda juda muvaffaqiyatli o‘ynaydigan raqib safidagi 9-raqamdagi futbolchi pozitsiyasidagi mening o‘yinchilarimga nima qilish lozimligini maydonda ham, videomashg‘ulotlarda ham tushuntirgan edim.

Tecno

Lekin juda oddiy xatolar evaziga jazolandik. Ikkinchi bo‘limda esa raqib jismonan ancha toliqib qoldi. Lekin baribir yakunda g‘alaba ularga nasib etdi. Nima ham derdim, raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. “Paxtakor”ga OChL uchrashuvida omad tilayman", - deb Shipilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!