
"Metallurg" va "Nasaf" jamoalarining o‘zaro oxirgi 5 o‘yinida qanday natijalar qayd etilgan?
«Nasaf» Superliganing 21-turida Bekobodda «Metallurg» bilan kuch sinashadi. Bellashuv 26 oktyabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Qarshiliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 45 bor kuch sinashgan. 11 o‘yinda bekobodliklar, 28 o‘yinda esa "ajdarlar" zafar quchgan. 6 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar farqi 36-74ga teng. Ustunlik qarshiliklar tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: "Metallurg" – "Nasaf" 3:0, “Nasaf“ – “Metallurg” 7:0.
Jamoalar so‘nggi o‘zaro to‘qnashuvi 2020 yili 6 iyul kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu o‘yinda "ajdarlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yagona golga Akmal Mozgovoy mualliflik qilgan.
E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
06.07.2020 Nasaf — Metallurg 1:0
31.07.2019 Nasaf — Metallurg 1:2
23.06.2019 Metallurg — Nasaf 0:1
12.06.2018 Metallurg — Nasaf 2:2
30.03.2018 Nasaf — Metallurg 1:1
Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
23.06.2019 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
12.06.2018 «Metallurg» – «Nasaf» 2:2
26.05.2017 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
16.05.2016 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
Fikrlar