"Metallurg" va "Paxtakor" masalasida yoqimli bo‘lmagan mavzularga chek qo‘yishga erishdik" - Diyor Imomxo‘jaev
O‘zPFL tomonidan futbolchilarni ro‘yxatga olish muddati yakunlanishiga bir necha kun qoldi. Tashkilot bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev Bekobodning "Metallurg" jamoasiga to‘xtaldi:
"Metallurg" klubi ham chempionatni boshlash yo‘lida barcha masalani hal qildi. Klub so‘nggi uch yilda o‘zining barqaror rivojlanish yo‘nalishiga tushib oldi, deyish mumkin. Eng katta umid — yangi akademiyadan.
Bir narsani ta’kidlash kerak. Yaqin-yaqingacha "Metallurg" va "Paxtakor" masalasida uncha yoqimli bo‘lmagan mavzular butun OAVni bosib ketardi. Biz so‘nggi 2 yilda bu mavzularga chek qo‘ydik. Bugungi "Metallurg" o‘z an’analari va o‘z printsiplariga ega. Ishonamizki, klub 2022 yilda qolgan 13 klubga toza va tomoshabop raqobat taklif qila oladi".

Fikrlar