
"Metallurg"ning Turkiyadagi yig‘ini boshlandi. Tarkibda kimlar bor?
2022 yilgi mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichini o‘tash uchun Bekobodning “Metallurg” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketgandi. Jamoa delegatsiyasi o‘z manziliga eson-omon etib oldi. Mehmonxonaga joylashib bo‘lingach, jamoa shu kunning o‘zidayoq birinchi mashg‘ulotni o‘tkazdi.
Turkiyaga yo‘l olgan tarkib:
Bosh murabbiy – Luisma Ernandes.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy – Alberto Berrokal.
Murabbiylar – Artem Petrosyan, Pavel Sinelnikov, Ilyos Qurbonov, Nozimjon Esonov.
Ma’murlar – Qudrat Madaminov, Ravshan Begmatov, Jamshid Mirabdullaev.
Shifokor – Dilshod Ashirov.
Massajchilar – Daniil Korshunov, Axrorjon Niyozov.
Tarjimon – Oybek Xolmatov.
Tasvirchi – Ilhom Ibragimov.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov, Akmal Ortiqov, Humoyunshoh Sayyotov.
Himoyachilar: Farruhjon Ibrohimov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Abbosjon Otaxonov, Odilbek Abdumajidov, Hakimxon A’lamxonov, Ergash Ismoilov, Abrorbek Toshqo‘ziev, Xudoyshukur Sattorov.
Yarim himoyachilar: Fozil Musaev, Salamat Quttiboev, Farhod Bekmurodov, Muhammad Isaev, Damir Temirov, Shahzodbek G‘ofurbekov, Ibrohim Ibragimov, Jasur Ashurov, Shahzodjon Ne’matjonov.
Hujumchilar: Zohid Abdullaev, Shohnazar Norbekov, Zabihillo O‘rinboev.
Fikrlar