
Meyson Grinvudga "Barsa" va "Atletiko"dan tashqari A Seriya grand klubi ham qiziqish bildirmoqda
Transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli bo‘lgan, hozirda "Xetafe" sharafini himoya qilayotgan Meyson Grinvudga Italiyadan xaridor klub topildi. "La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, yosh futbolchiga Turinning "Yuventus" jamoasi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Grinvudga "Yuve"dan tashqari Ispaniyaning "Barselona" va "Atletiko" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha MYu ham Meysonni sotib yuborish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi joriy mavsum La Liganing 24 o‘yinida 6 gol va 5 assistni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar