Meyvezer: "Men endi 21 yoshli bokschi emasman. Pol o‘ylaganimdan ko‘ra yaxshiroq ekan"

  • 7 iyun, 2021, 20:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Florida shtatidagi "Hard Rock Stadium" arenasida 5 vazn toifasida sobiq jahon chempioni hisoblangan Floyd Meyvezer (50-0, 27KO) You Tube bloger Logan Polga qarshi ko‘rgazmali jangda ishtirok etdi.

Tecno

Qoidalarga binoan g‘olib faqat nokaut qayd etilsa aniqlanishi mumkin bo‘lib, agar jang to‘liq davom etsa, natija e’lon qilinmasligi belgilandi. Shuningdek, bahsni baholash uchun hakamlar ham qo‘yilmagan edi.

To‘qnashuv to‘liq 8 raund davom etdi va g‘olib nomi aniqlanmadi. Ko‘pchilik Polning nokaut holatiga tushishini kutgan bo‘lsa-da, Meyvezer buni uddalay olmagani muhlislarning tanqidiga ham sabab bo‘ldi.

log

26 yoshli Logan Pol 2019 yilda bir marotaba professional boksda boshqa bir KSI nomi bilan mashhur bloger bilan uchrashib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan.

44 yoshli Meyvezer 2017 yil avgust oyida Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozonib, o‘z faoliyatini yakunlagan.

Polning vazni Meyvezer bilan taqqoslaganda 15 kg farq qilib, bo‘yi ham ancha uzun edi.

Jangning dastlabki 3-raundigacha Pol gavda ustunligidan foydalanib, Floydga bosim uyushtirdi. Ikkinchi qismda esa jismoniy holat yaxshi emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Endi Floyd birinchi raqamli bo‘lib ishladi. Pol esa asosan klinchlarda jon saqlashga harakat qildi.

"Men bundan zavq oldim. Endi 21 yosh emasligimni anglashingiz kerak. Lekin u kabi yosh yigitlar bilan tanani qizdirib olish va o‘z mahoratimni sinovdan o‘tkazish yaxshi deb o‘ylayman. U yosh va men o‘ylaganimdan ko‘ra kuchliroq ekan. Polda tajriba bo‘lmasa ham, o‘z vazn va gavda ustunligidan yaxshi foydalana oldi. U bu kechada meni "bog‘lash"ni uddaladi", - deydi Meyvezer Show Time kanaliga bergan intervyusida.

photo_2021-06-07_20-21-43

Logan Pol ham o‘z navbatida ko‘pchilikning e’tiborini jalb qiluvchi fikrlarni bildirdi.

"Menga biron narsani imkonsiz deb aytishlarini ortiq hohlamayman. Buning isboti men barcha vaqtlarning eng kuchlisi bilan jang qilib, tahminlar xato ekanini isbotladim. Bu mening hayotimdagi eng unutilmas lahzalar", - deb fikr bildirdi Logan Pol.

Pollarning kichigi Jek ham boks muhlislariga juda yaxshi tanish. U faoliyati davomida 3 marotaba boks qoidalari bo‘yicha ringga ko‘tarilib, barchasida g‘alaba qozondi. Endi u 28 avgust kuni UFC sobiq chempioni Tayron Vudli to‘sig‘idan o‘tishga harakat qilib ko‘radi.

                                       Boxingscene.com materiali asosida Jalol Axmedov tayyorladi

Meyvezer blogerni nokaut qila olmagan jangdan foto galereyani tomosha qiling

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!