Meyvezer qamalganiga sabab bo‘lgan ayol o‘lik holda topildi
Floyd Meyvezerning 3 ta farzandining onasi Jozi Xarris AQShdagi uyi hududida o‘lik holda topildi.
Qo‘ng‘iroqdan so‘ng, 40 yoshli ayolni o‘z avtomashinasida o‘lik holatda topishgan. Ayolning o‘limini sabablari oshkor qilinmayapti. Militsiya hodimlari bu qotillik emas, deb ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, Meyvezer marhum bilan 15 yil davomida munosabat qilgan. 2010 yili bokschi bolalarining ko‘z o‘ngida ayolini do‘pposlagani uchun 2 oy qamoq jazosini o‘tab chiqqan.

Fikrlar