Meyvezerni shogirdi hisoblangan Jervonta Devisning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 7 oktabr, 2021, 11:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Engil va super engil vazn toifasalarida bir vaqtning o‘zida WBA Regular kamarlari egasi bo‘lib turgan amerikalik pancher bokschi Jervonta Devis (25-0, 24KO) o‘zining navbatdagi jangini 5 dekabrda Rolando "Rolly" Romeroga (14-0, 12 KO) qarshi o‘tkazadi. Show Time kanalida pullik translyatsiyada namoyish etiladigan jang kechasi Los-Anjles shahridagi "Staples Center" arenasida bo‘lib o‘tadi. Jervonta Devis mashhur afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerning shogirdi va uning promouterlik kompaniyasi a’zosi hisoblanadi. Devis oxirgi jangini super engil vaznda o‘tkazib, Mario Barriosni Muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.
image_2021-10-07_12-02-52

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!