
Mikel Arteta: "Subimendi "Arsenal"ga o‘tish uchun boshqa takliflarni rad etdi"
Londoning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Martin Subimendi transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu transferni amalga oshish jarayoni juda uzoq davom etdi. U jamoaga kelish yoki kelmasligi hal qilish uchun unda variantlar etarli edi. Ammo Martin bizga qo‘shilish uchun juda yaxshi takliflarni qabul qilmadi. Oxirgi mashg‘ulotlarda ko‘rganlarimiz barchamizni hayrtada qoldirdi. Futbolchi har kuni siz bilan ishlaganda, uning xarakteri, o‘ziga xosligini, aql zakovatini va jamoaga qanchalar hissa qo‘shishi mumkinligini ko‘rasiz. Men Subimendini biz bilan birga ekanidan hursandman”,- dedi ispaniyalik mujtaxassis.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli yarim himoyachi bu mavsum "Real Sosedad" safida La Ligada 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar