"Milan" "Bayer" bilan Chalxanogluning transfer masalasini hal qiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” Leverkuzenning “Bayer” klubi etakchilaridan biri Xakan Chalxanogluni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 23 yoshli turkiyalik futbolchi uchun “dorishunoslar”ga bonuslarsiz 21 mln evro berishmoqchi.

Aytish kerakki, ayni damda har ikkala jamoa bonuslar bo‘yicha bir qarorga kelishib olishsa bas, futbolchining o‘zi allaqachon “Milan”ga o‘tishga rozilik bergan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Chalxanoglu dushanba kuni “Milan”da ko‘rikdan o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!