"Milan" Dias masalasida "Real" bilan muzokara boshlaydi

  • 13.02.2021 10:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” yarim himoyachi Braim Diasni to‘liq o‘ziniki qilib olmoqchi.

Huquqiy jihatdan “Real”ga tegishli bo‘lgan 21 yoshli futbolchi bu mavsum “rossonerilar” safida ijara asosida to‘p surmoqda. “Qirollik klubi” va milanliklar o‘rtasidagi ijara shartnomasida Diasni to‘liq sotib olish bandi kiritilmagan. Shu sababli, “Milan” tez orada Braimning transferi masalasida “Real” bilan muzokara boshlamoqchi.

Dias joriy mavsum A Seriyada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!