"Milan" futbolchisi PSVga o‘tishni xohlamadi

  • 5 yanvar, 2020, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” klubi himoyachisi Rikardo Rodriges PSVga o‘tishni xohlamadi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha 27 yoshli Shveytsariya terma jamoasi a’zosi qishki transferlar davrida Gollandiya grandi safiga o‘tishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo uni o‘z jamoasiga olib kelmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, neapolliklar rahbariyati Rodrigesni sotib olish istagida emas.

Ma’lumot uchun, Rodriges joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!