
"Milan" Ismoilni tarkibda saqlab qolmoqchi
"Milan" yarim himoyachisi Ismoil Bennossir tez orada "rossanerilar" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, kelishuv 2026 yilga qadar tuziladi.
Yangi shartnomaga ko‘ra, 23 yoshli jazoirlik futbolchining yillik maoshi ikki barobarga ortadi va 3,2 million evroga etadi. Biroq uning tovon puli olib tashlanadi. Aytish kerakki, hozirda uning tovon puli 50 million evroni tashkil etadi.
Bennosir joriy mavsum “Milan” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar